Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Chrysler yangi miniven taqdim etdi

  • Bo'lim: AVTO

Chrysler kompaniya Panasonic Automotive Advanced Engineering firmasi bilan hamkorlikda Portal minivenini ishlab chiqdi. CES elektronika ko'rgazmasida taqdim etilgan mashina 1980-90 yillar oxirida tavallud topgan kishilarga mo'ljallangan.

Avtomobil salonda bo'lgan kishilarning ovozi va yuzlarini farqlash tizimi bilan jihozlandi. Uning elektronikasi ma`lum bir insonlarni tanish va unga mos jihatlarni taqdim etish imkoniga ega. Masalan, musiqani tanlab berish yoki qulay haroratni o'rnatish.

Bundan tashqari, avtomobil ichida o'rnatilgan kameralar selfi qilish maqsadida ham ishlatilishi mumkin – suratlar yo'lovchilarning mobil gadjyetlariga yuboriladi. Shuningdek, kameralar haydovchining nigohini ham kuzatib turadi. Elektronika ko'zlarga tushayotgan bosimni kamaytirish uchun salon ichidagi chiroq nurlarini ma`lum bir darajaga moslashtirishi mumkin.

Transport vositasi haydovchi va yo'lovchilarga har bir kishidan kelib chiqqan holda yo'nalishni belgilab berishda ham yordam beradi.

 

Chrysler Portal ikkita displey bilan jihozlangan. Birinchi ekran uchta qismga bo'lingan – o'ng tomondagisi uskunalar paneliga, markazdagisi – navigatsiya va hamma yerni ko'rishga mo'ljallangan, chapdagi esa – ko'ngilochar funksiyalarni o'z ichiga qamrab oladi.

Avtomobil avtonom boshqarish tizimi bilan jihozlangan. U yo'l infratuzilmasi ob`yektlari haqidagi ma`lumotni boshqa avtomobillar bilan bo'lishish imkonini beradi.

Chrysler Portal litiy-ionli hajmi 100 kilovatt-soat bo'lgan akkumulyatorlar majmuasidan quvvat oluvchi elektr dvigateli yordamida harakatga keladi. Uning maksimal yurish zaxirasi 400 kilometrni tashkil qiladi.

Chrysler “Portal”ning seriyali chiqarilishi yuzasidan hech qanday ma`lumot keltirmagan.

Manba: kun.uz