Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

Xitoyda avtomobillar soni 200 mlntaga yetdi

  • Bo'lim: AVTO

Xitoyda davlat ro’yxatiga olingan avtomobillarning umumiy soni 200 mlntaga yetgani haqida XXR jamoat xavfsizligi vazirligi yozdi.

Vazirlikning ma'lumotiga binoan mamlakatdagi mototransport vositalari soni 300 mlnga yetdi. 2017 yilning birinchi choragida 8,2 mlnta yangi mototransport ro’yxatdan o’tdi.

Bundan tashqari mototransport vositalarini ham qo’shganda jami ro’yxatga olingan transport vositalari egalari soni 364 mlnga yetdi. Ulardan haydovchilar soni 320 mln nafardir. Birinchi chorakda o’sish 7,4 mln nafarni tashkil etdi.

2015 yilda ro’yxatga olingan transport vositalari (motosikllarni ham qo’shganda) egalari soni 279 mln nafar edi. Ularning 172 mlni avtomobil egalaridir.

Manba: carzone.uz