Kirish

GM Uzbekistan yangi avlod Malibu modelini ishlab chiqara boshlaydi

  • Bo'lim: AVTO

GM Uzbekistan kompaniyasi butunlay yangilangan Chevrolet Malibu bizness-klass sedanini ishlab chiqara boshlaydi. Bu haqda, kompaniya matbuot xizmatiga asoslanib, Daryo nashri  xabar bermoqda.

SKD texnologiyasi bo’yicha avtomobil yig’ish GM Uzbekistan’ning Toshkentdagi filialida amalga oshiriladi.

O’zbekiston bozorida mashina to’rt rangda chiqariladi: marvaridli oq, tutunli oq, to’q kulrang va qora.

Kompaniya vakillarining bildirishicha, avtomobilni etkazish muddati uch oydan oshmaydi. Bu model yirik uzelli yig’ish metodi bilan ishlab chiqarilishi hamda oldindan buyurtma qilinishi bilan tushuntiriladi.

Avtomobilning narxi 210 million so’mni tashkil etadi (xalqaro plastik kartaga hisoblansa, 110,852 million so’m).