Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

O’zbekistonda yangi turdagi avtomobil ishlab chiqariladi (video)

  • Bo'lim: AVTO

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Andijon viloyatiga tashrifi davomida GM Uzbekistan avtozavodi tomonidan ishlab chiqariladigan yangi avtomobil bilan tanishdi. Bu haqda «O’zbekiston» telekanalining «Axborot» ko’rsatuvida ma'lum qilindi, deb yozmoqda Daryo nashri.

«GM Uzbekistan qo’shma korxonasi yana bir yangi avtomobilni taqdim etmoqda. Tracker nomiga ega ushbu avtoulov 140 ot kuchiga ega bo’lib, dunyo bozorida xaridorgir hisoblanadi. Prezidentimiz ushbu avtomobilning qulayliklari, imkoniyatlari, umuman olganda, dizaynini ko’zdan kechirdi», — deyiladi «Axborot»dagi xabarda.

Chevrolet Tracker aynan qachondan O’zbekiston bozorida paydo bo’lishi, uning ichki bozordagi narxi qanday bo’lishi haqida hozircha aniq axborot yo’q.