Kirish
So'nggi yangilanish: 18.08.2018

Tesla kompaniyasi bir necha yuz kishini ishdan bo’shatdi

  • Bo'lim: AVTO

Tesla kompaniyasi o’zining yillik faoliyatini ko’rib chiqqanidan so’ng yuzlab xodimlarini ishdan bo’shatgan bo’lsada o’zining yangi Model 3 sedaniga bo’lgan talabni qondirish uchun ishlab chiqarish hajmini oshirishga harkat qilmoqda.

Kompaniya o’zining bayonotida xodimlari ishdan bo’shatilganini tasdiqladi, biroq qolgan 33 000 ishchisi haqida hechqandey bayonot bermadi. The Sun Jose Mercury News Teslaning bir nechta sobiq va hozirgi xodimlaridan aniqlik kiritishicha 400-700 oralig’idagi xodimlar ishdan bo’shatilgan.

Aniqlanishicha, Teslaning ishlab chiqarish operatsiyalari bo’limidan tashqari ma’muriy va savdo ishlari bilan shug’ullanuvchi xodimlari ishdan bo’shatilgan.

Hozirda Tesla o’zining Model 3 sedanini 450 000 xaridor kutib turganligi sababli bosim ostida qolmoqda. Kompaniya o’zining ishlab chiqarish maqsadlariga erishishda ancha ortda. O’tgan so’ngi charakdaTesla atiga 260 dona transport yetkazib bergan.

Boshqa modellarni ham hisobga olganda Tesla bu yil 100 000 avtomobil ishlab chiqarishni ko’zlagan. Kompaniya rahbari Ilon Mask keyingi yilda ishlab chiqarish hajmini 5 marta oshirishni maqsad qilyapti, bu Teslaning bozordagi ulushini 59 milliard dollarga yetkazish degani - bu Ford Motor kompaniyasidan ko’proqdir.

Forddan farqli o’laroq, Tesla hanuzgacha o’zining yillik daromadlari to’g’risida bayonot bermadi.

Manba: bostonherald.com