Kirish
So'nggi yangilanish: 21.05.2018

Las-Vegasda dunyodagi eng tezyurar giperkar namoyish etildi (+video)

  • Bo'lim: AVTO

Amerikaning Henessey studiyasi har yili Las-Vegasda o’tkiziladigan SEMA shousida o’zining dunyodagi eng tezkor yangi mashinasi Venom F5’ni namoyish etdi.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha mashina 7,4 litr sig’imli 1600 ot kuchiga ega ikki turbinali V8 dvigateli bilan jihozlangan.

Mashinaning soatiga 180 mil (300 km/s) tezlikka 10 soniyadan kamroq muddatda erisha olishi Venom F5’ni hozirgi Formula 1 poygachi mashinalaridan tezroqligini ko’rsatadi. Henessey saytiga joylangan xabarda qayd etilishicha giperkar soatiga 0 mildan 249 milgacha (400 km/s) tezlikka erishib, butunlay to’xtashiga 30 soniyadan kamroq vaqt sarflaydi.

Manba: auto.newsru.com