Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Internetda Tayota avtokompaniyasining GR Super Sport mashinasining surati paydo bo’ldi

  • Bo'lim: AVTO

GR Super Sport super avtomobilining sur’atlari internetda paydo bo’ldi. Sur’atlar yapon avtomobil brendi Tayota vakillari tomonidan internetga joylandi.

Mavjud tasvirlarga qaraganda mashina sport avtomobili ko’rinishida ishlab chiqilgan. Yirik orqa spoyler va katta g’ildiraklar avtomobilning sport mashinasi enkanligidan dalolat beradi.

Gazoo Racing 86 GR va Yaris GRMN nomi ostidagi ushbu mashinalar taqdimoti 2018 yilning birinchi oyida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda tadbir 2018 yil 12 yanvar kuni Tokio shahrida bo’lib o’tadi.

Avtomobilni ishlab chiqaruvchilar hali bu superkarlar haqida hech qanday ma'lumotlarni oshkor qilmadi. Faqat Yaris GRMN Yaponiya avtomobil bozori uchun ishlab chiqarilishi ma’lum.

Ushbu seriyadagi avtomobillardan 150 dona ishlab chiqarilishi taxmin qilinyapti.

Gazoo Racing seriyali model bo'ladimi yoki yo’q bu hali aniq emas. Toyota avtomobil kompaniyasi mazkur modeldan voz kechishi ham mumkin.

Manba: auto.rambler.ru