Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Dunyoning eng mashhur TOP-5 avtomobillari

  • Bo'lim: AVTO

Mutaxassislar avtomobillar bozorini o’rganishdi, natijada dunyo bo’ylab eng ko’p miqdorda sotilgan top-5 eng mashhur avtomobillar ro’yxatini tuzishdi. Ro'yxatda ikkita nemis va bir nechta amerika brendlari mavjud bo'lib, yapon markasi reytinga yetakchilik qildi.

TOP-5 ro’yxatda birinchi o'rinni o'tgan yili o’zining 50 yilligini nishonlagan afsonaviy Toyota Corolla egalaldi. Ushbu mashina ishlab chiqarilganidan beri dunyo bo’ylab 35 million dona sotilgan. Mashina narxi va sifati sabablik xaridorlar qiziqishiga sazovor bo’lgan.

Ikkinchi o’rinni pikap Ford F-seriyasi egallagan. Ushbu yengil yuk mashinasiga dunyo bo’ylab 25 million odam egalik qilmoqda. Dunyo bo’ylab 24 million nusxada sotilgan “Volkswagen Golf” uchinchi eng nufuzli avtomobil maqomiga egalik qildi.

To’rtinchi o’rin afsonaviy “Juku” avtomobiliga berildi. Oltmish yillik tarixi bo’lgan Volkswagen Beetle modelining 21 milliondan ortiq egalari mavjud. TOP-5 ro’yxatni Ford Model T avtomobili yakunlaydi, ushbu avtomobil dunyo bo’ylab 16,5 million dona sotilgan.

Manba: vistanews.ru