Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Yaponiyalik mutaxassislar 2017 yilning eng tejamkor TOP-10 avtomobillari ro’yxatini e’lon qildi

  • Bo'lim: AVTO

Yaponiyalik mutaxassislar 2017 yil uchun mamlakat bozoridagi eng tejamkor avtomobillar TOP-10 ro’yxatini e’lon qilishdi. Bu haqda Yaponiyaning Transport, yerdan foydalanish va infratuzilma boshqarmasi matbuot xizmati bayonotiga asoslanib Daily-Motor.ru xabar bermoqda.

Ma'lum bo'lishicha, Yaponiya avtomobil bozoridagi sedanlar orasida eng tejamkor avtomobil Toyota Prius hisoblanadi. Ushbu avtomobilning 100 kilometrlik masofaga yonilg'i iste'moli atiga 2,45 litrni tashkil etadi.

Ikkinchi o’rinni Toyota Aqua gibrid xetchbeg egalladi - ushbu avtomobil har 100 kilometr uchun 2,63 litr benzin sarflaydi. Reytingda uchinchi o'rinni Nissan Note e-Power egalladi - 100 kilometrlik masofaga 2,66 litr.

Keyingi o'rinlardan Honda Fit, Honda Greys, Toyota Vitz, Toyota Corolla Axio, Toyota Corolla Fielder, Honda Shuttle va Toyota Camry joy olgan.

Manba: inforeactor.ru