Kirish
So'nggi yangilanish: 17.08.2018

O’zbekistonda Ravon brendi ostidagi avtomobillari sotuvi boshlandi

  • Bo'lim: AVTO

O’zbekiston ichki bozorida Ravon brendi ostida chiqariladigan mashinalar sotila boshlandi. Bu haqda «O’zavtosanoat» rahbari Umidjon Salimov ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Ilgari GM Uzbekistan mazkur brend ostida ishlab chiqargan avtomobillar faqat eksportga chiqarilgan. Ichki bozorda esa Chevrolet markasidagi avtomobillar sotilgan.

Eslatib o’tamiz, Ravon brendi ostidagi mashinalar 2015 yildan ishlab chiqarila boshlangan.

Ayni paytda General Motors avtomobil korporatsiyasi va “O’zavtosanoat” amerikaliklarning GM Uzbekistandagi ulushini sotib olish bo’yicha muzokara olib bormoqda. Salimovning aytishicha, aksiyalarni sotib olish bo’yicha kelishuv deyarli yakuniga yetgan. Yil oxiriga qadar Amerika korporatsiyasi korxonaning qolgan 10% aksiyasini sotadi.

Shu bilan birga Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan korxonasi aksiyalarini sotib olish bo’yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

Bugungi kunda GM Uzbekistan Asaka, Xorazm va Toshkentdagi zavodlarida sakkizta modeldagi avtomobillarni ishlab chiqaradi. Bular Chevrolet va Ravon brendi ostidagi Spark (R2), Nexia (R3), Cobalt (R4), Lacetti (Gentra), Captva, Malibu, Damas va Labo avtomobillaridir.