Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

1 iyuldan avtomobil oynalarini qoraytirishga ruxsat berildi: narxi 15.5 milliom so'm

  • Bo'lim: AVTO

O’zbekistonda yuridik va jismoniy shaxslarning yengil avtomobillari oynalarini qoraytirishni pullik asosda yo’lga qo’yishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi Hordiq.uz.

Hujjat yengil avtomobil oynalarining yorug’lik o’tkazilishi orqa oynalari uchun 5 foizdan kam bo’lmagan va yon oynalar uchun 30 foizdan kam bo’lmagan ko’rsatgichgacha qoraytirishga ruxsat beradi.

Tonirovkani tashkil qilishni yo’lga qo’yish tartibi Davlat yo’l xavfsizligi xizmati tegishli hamkorliklar bilan birga 1 yil muddatda ishlab chiqiladi.

Yengil avtomobil old oynasining yuqori qismiga 14 smdan ortiq bo’lmagan yorug’lik o’tkazish 20 foizdan kam bo’lmagan darajada qora chiziq tortishga ruxsat talab etilmaydi.

Ruxsat berish uchun to’lov miqdori jismoniy shaxslar uchun eng kam oylik ish haqining 90 baravari miqdorida, yuridik shaxslar uchun 120 baravari miqdorida, xorijlik yuridik shaxslar uchun 140 baravari miqdorida belgilandi. (EKOIH – 172 240 sum)

Hujjatda ko’rsatilishicha, qoraytirishga 2018 yilning 1 iyulidan ruxsat etiladi.