Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

“GM Uzbekistan”ning qaysi avtomobillarini bir kunda avtosalondan olib ketish mumkin?

  • Bo'lim: AVTO

“GM Uzbekistan” AJ barcha dilerlik tarmoqlarida mijoz to’lov qilgan zahoti olib ketishi mumkin bo’lgan avtomobillar mavjudligi haqida eslatib o’tdi, deb xabar bermoqda Xalq so’zi.

Kompaniya matbuot xizmati xabariga ko’ra, ushbu xizmat orqali xaridor o’zining avtomobilini atigi 45 daqiqa ichida rasmiylashtirib, olib ketishi mumkin.

Ayni vaqtda kompaniyaning dilerlik tarmoqlarida “45 daqiqada Avtomobil!” dasturida Spark, Lasetti (CNG) va Cobalt rusumidagi 2259 dona avtomobil savdoga qo’yilgan qo’yilgan.

Aynan mana shu uch rusumdagi avtomobillarga 100 foizlik to’lovni amalga oshirgan holda bir kundayoq mashinani olib ketish mumkin bo’ladi.

Avtomobillarning to’liq ro’yxati va soni bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.