Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

GM Uzbekistan endi Lacetti avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni eʼlon qildi

  • Bo'lim: AVTO

GM Uzbekistan kompaniyasi “Kapitalbank” bilan hamkorlikda Lacetti avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni joriy qildi. Bu haqda kompaniya vakili maʼlum qildi.

Kompaniya vakilining maʼlum qilishicha, buning uchun Lacetti SX M/T (1-pozitsiya) avtomobili qo’yilgan bo’lib, uni quyidagi kredit shartlari bo’yicha sotib olish mumkin:

10% oldindan to’lov amalga oshirilganda - 5 yilgacha - 22% yillik;

30% oldindan to’lov amalga oshirilganda - 3 yilgacha - 20% yillik;

50% oldindan to’lov amalga oshirilganda - 2 yilgacha - 19% yillik;

60% oldindan to’lov amalga oshirilganda - 15 oygacha - 18% yillik.

Imtiyozli avtokredit uchun hozirda 1000 dona mazkur rusumdagi avtomobil jamlanmasi sotuvga chiqarilgan. Mazkur turdagi Lacetti avtomobillari dilerlik salonlarida 107 mln 291 ming so’mdan taklif qilinmoqda.

Maʼlumotlarga ko’ra, kompaniya tez orada mana shunday imtiyozli shartlardagi avtokreditlar miqdorini oshirishni rejalashtirmoqda.

Manba: Xalq so’zi