Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

GM Uzbekistan yana Lacetti avtomobili uchun imtiyozli kreditlarni e’lon qildi

  • Bo'lim: AVTO

XATB «Ravnaq-bank» o’zining 17 yilligi munosabati bilan 2018 yilning 22 oktyabridan e'tiboran Toshkent shahri aholisi uchun 500 dona LACETTI CDX A/T (3-poz.) avtomobilini imtiyozli kreditlash bo’yicha aksiya e'lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Siz LACETTI CDX A/T (3-poz.) avtomobiliga imtiyozli kreditni quyidagi kredit shartlar asostida rasmiylashtirishingiz mumkin:

1) 10% dastlabki to’lov amalga oshirilganda - 5 yilgacha - yillik 22%

2) 30% dastlabki to’lov amalga oshirilganda - 3 yilgacha - yillik 20%

3) 50% dastlabki to’lov amalga oshirilganda - 2 yilgacha - yillik 19%

4) 60% dastlabki to’lov amalga oshirilganda - 15 oygacha - yillik 18%

- Kredit uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin: Hujjatlar ro’yxati.

- Daromadlar to’g’risidagi ma'lumotlar namunasi ushbu havolada: Daromadlar to’g’risida ma'lumot.

- Kreditni so’ndirib borish jadvali ushbu havolada: So’ndirish jadvali.

- «Ravnaq-bank» XATB joylashgan manzil ushbu havolada: Joylashuvi.

Ushbu aksiya bo’yicha o’zingizni qiziqtirgan barcha ma'lumotlarni «Ravnaq-bank»ning 71-202-00-82 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

«GM Uzbekistan» avtomobillarining boshqa modellarini «Ravnaq-bank» orqali kreditga xarid qilish bo’yicha quyidagi havolada orqali ma'lumot olishingiz mumkin: Avtokreditlar.

Eslatib o’tamiz, sizdan turli vajlarda imtiyozli avtokredit rasmiylashtirish uchun qo’shimcha mablag’ undirish hollari yuzaga kelganda kompaniyaning Call-markaziga 71-141-77-77 raqamlari yohud O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin, deyiladi xabarda.