Do'kon

Chevrolet Trackerning narxi ma’lum bo’ldi

  • Bo'lim: AVTO

2018 yilning 10 dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshladi. Bu haqda “Xalq so’zi” xabar berdi.

Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) maʼlumot-ko’ngilochar tizimi, svetodiodli kunduzgi yoritish chiroqlari taqdim etilgan. Avtomobil komplektatsiyasiga shuningdek 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa parkovka datchiklari, shuningdek alyuminiy disklari R18 215/55 kiradi.

Tracker subixcham avtomobillar sinfiga kiradi: uzunligi 4257 mm, kengligi 1776 mm va balandligi 1679 mm. Avtomobilning yoqilg’i baki 53 litrni tashkil qiladi. Avtomobilning 1,8 litrli dvigatel hajmi 140 ot kuchiga teng.

Avtomobilning yoqilg’i sarfi MT5/AT6 transmissiyali aralash siklda 100 km.ga 7,1 l. tashkil qiladi. Avtomobil 10,6 soniyada 100 km/s tezlikka yetadi. Model 4-silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Birinchi bosqichda Tracker krossoveri savdosi va xizmat ko’rsatishi bilan O’zbekistondagi birinchi multibrend “Nurafshon AvtoMarkaz” avtosalonining Toshkent shahar, Sergeli tumani Obihayot ko’chasi, 39 uyda joylashgan filiali shug’ullanadi.

Xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Tracker’ning LT M/T komplektatsiyasi narxi - 184 308 855 mln so’m, Premier A/T esa 215 680 575 mln so’mni tashkil qiladi.

Shu bilan birga aytish joizki, avtomobilning kompaniya modellar qatoridan joy olishi O’zbekiston bozori uchun mutlaqo yangi bo’lgan SUV V sinfini qo’shish maqsadida amalga oshirilmoqda, Tracker Captiva avtomobilining o’rnini egallashga mo’ljallanmagan.