Kirish

OAV: AQSh Suriyaga yangi zarbalar berishga tayyorlanmoqda

  • Bo'lim: DUNYO

AQSh Suriyadagi Shayrat aviabazasiga ehtimoliy hujum uyushtirish uchun hujumkor pozitsiyalarga kema va samolyotlarni joylashtirdi.

AQSh qo’shinlari Shayrat aviabazasi ortidan kunbo’yi kuzatuv olib borishmoqda. Vashingtonning fikricha, go’yoki aynan shu aviabazadan kimyoviy hujum uyushtirilishi mumkin. AQSh hukumati bu sodir bo’lsa, javob berishini aytgan. Biroq hozircha zarba berish rejalashtirilmayapti.

CNN telekanalining ma`lum qilishicha, aerodromda hozircha hech qanday "shubhali faollik" payqalmagan. Oq uyni Suriya nomiga tahdidlar bildirishga go’yoki Shayratda kimyoviy moddalar solingan idishlar va samolyotlar payqalgani haqidagi ma`lumotlar undagan.  

Avvalroq Oq uy Suriya armiyasi "kimyoviy hujumga tayyorgarlik ko’rayotganini" aytgandi. Biroq bunga isbotlar keltirilmagan.

Damashq kimyoviy hujum qo’llamoqchi emasligi bilan javob bergan. Rossiya tashqi ishlar vazirligi Oq uyning bayonotini "safsata" deb atagan va buni terrorchilarga ig’volar sodir etishga "taklifdek" qabul qilgan.

Manba: kun.uz