Kirish
So'nggi yangilanish: 19.06.2018

Rossiyaliklar AQSh bilan munosabatlarga pozitiv qaramoqda

  • Bo'lim: DUNYO

“Jamoatchilik fikri” jamg’armasi rossiyaliklar o’rtasida o’tkazgan so’rovnoma natijalari AQShga munosabat sal iliqlashganidan dalolat bermoqda. Moskva va Vashington aloqalarini salbiy baholayotganlar soni kamaygan, ko’pchilik nekbinlik pozisiyasiga o’tgan.

So’ralganlarning 50 foizi Rossiya-Amerika munosabatlarini “yomon” deb baholagan, 29 foizi esa “qaysidir jihatdan yaxshi, qaysidir jihatdan yomon” deb hisoblaydi. Faqat 6 foiz odamlargina “yaxshi” deb baholagan.

Bu 2016 yilda o’tkazilgan so’rovnomadan pozitivroq natijadir. Bir yil muqadddam so’ralganlarning 63 foizi aloqalarni “yomon” hisoblagandi.

Rasmiy Vashington bilan aloqalar yomonlashuvida rossiyaliklarning 24 foizi AQSh siyosatini ayblagan bo’lsa, 11 foiz odamlar ikkala mamlakatning siyosatidan ayb qidirgan. Faqat 2 foiz odamlar Rossiya siyosatini ayblagan.

So’rovnoma natijasiga ishonsak, odamlarning 50 foizi Donald Trampga o’z munosabatini bildirishga qiynaladi. 25 foiz odamlarning munosabati salbiy, 24 foizniki ijobiy.

So’rovnoma 24-25 iyun kunlari 104 aholi yashash punktidagi 1500 nafar odam o’rtasida o’tkazildi.

Manba: sof.uz