Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Astronomlar koinotdagi eng kichik yulduzni aniqlashdi

  • Bo'lim: DUNYO

Olimlar Haykaltarosh (Sculptor) yulduzlar turkumida koinotdagi eng kichik yulduzni aniqlashdi. Uning radiusi Saturnnikidan bir oz ko’proq, og’irligi esa Yupiternikidan 85 marta katta deb xabar beriladi Astronomy & Astrophysics jurnalida chop etilgan maqolada. 

Bizning kashfiyot yulduzlar qay darajada minimal hajmga ega bo’lishini ko’rsatib beradi. Agar EBLM J0555-57Ab yulduzi massasi biroz kamroq bo’lganida termoyadroviy reaksiyalar uning yadrosida sodir bo’lmasdi va u jigarrang mitti osmon jismiga aylanar edi deydi Kembrij universitetidan (Buyuk Britaniya) Aleksandr Bottisher.

Somon yo’lining barcha yulduzlari va boshqa gallaktikalar asosan gazlardan tashkil topgan zich bulutlar ichida paydo bo’ladi, ularning ba’zilari ma’lum vaqt o’tishi bilan quyuqlashadi yoki quyuqlashishni boshlaydi. Vaqt o’tishi bilan ularning ichidagi harorat va bosim shunday yuqori bir darajaga yetadiki uning markazidagi vodorod atomlarida termoyadroviy reaksiyalar boshlanadi.

Astrofiziklarning hisoblashicha bu kabi reaksiyalar faqatgina yetarli darajadagi katta obektlar (massasi quyoshning 7%ga teng bo’lgan yoki Yupiterning og’irligidan 130 marta kattaroq bo’lgan obektlar)da sodir bo’lishi mumkin. Kamroq hajmga ega bo’lgan samoviy jismlari jigarrang mitti osmon jismlariga aylanadi, ular infraqizil doirada biroz porlaydi va asta sekin so’nib boradi.

Ma’lumot uchun: Haykaltarosh (lot. Sculptor) - osmonning Janubi yarim sharidagi yulduz turkumi. Eng yorug’ yulduzi 4-yulduz kattaligida. Galaktikaning janubiy qutbi Haykaltaroshda joylashgan. O’zbekistonda sentyabr, oktyabr oylarida yaxshi ko’rinadi.

Manba: RIA Novosti