Kirish
So'nggi yangilanish: 19.06.2018

Forbes Rossiyaning eng badavlat ayol mansabdorlari reytingini e’lon qildi

  • Bo'lim: DUNYO

Forbes jurnali Rossiyaning eng badavlat ayol mansabdorlari ro’yhatini e’lon qildi. Reytingda 2016-yilda 56.2 million rubl ishlab topgan Davlat dumasi deputati, Sog’liqni saqlash qo’mitasi a’zosi Tatyana Salomatin yetakchilik qildi.

Dastlabki uchlikga yana Rossiya Federatsiyasi Kengashi a’zosi Lyudmila Narusova (28.7 million) va Davlat dumasi spiker o’rinbosari Olga Yepifanova (24.5 million) kiritilgan.

Reytingda 2016-yilda 22.9 million rubl ishlab topgan Rossiya Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matvienko to'rtinchi o'rinni egalladi.

Shuningdek yuqori 10talik reytingdan Davlat dumasining xalqaro qo’mitasi a’zosi Yelena Panina (16.5 million), dumaning energetika ishlari bo’yicha qo’mitasi a’zosi Natalya Nazarova (15.7 million), bosh vazir o'rinbosari Olga Golodets (15.6 million), dumaning mudofaa ishlari bo’yicha qo’mitasi raisi o’rinbosari Svetlana Savitskaya (15.4 million), dumaning Federal qurilish va mahalliy o’zini o’zi boshqaruv organlari masalasi bo’yicha qo’mita raisining o’rinbosari Valentina Tereshkova (12.3 million), dumaning Oila, ayollar va bolalar masalasi bo’yicha qo’mitasi a’zosi Valentina Rudchenko (10.5 million) o’rin olgan.

Reytignda tilga olingan mansabdorlarning umumiy daromadi 220 million rublni tashil etgan.

Manba: RIA Novosti