Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Bloomberg: Klintonning reytingi Trampnikidan ham yomonroq

  • Bo'lim: DUNYO

Bloomberg tomonidan o’tkazilgan so’ngi tadqiqot natijalariga ko’ra, AQSH prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod bo’lgan Hillari Klintonning reytingi rekord darajada pasaygan.

Tadqiqot natijalari bu ko’rsatkichlar AQSH prezidenti Donald Trampnikidan ham yomonroqligini ko’rsatyapti. So’rovda ishtirok etganlarning faqatgina 39 foizi Klintonni qo’llab quvvatlagan – bu Prezident Trampga nisbatan 2 foizga kamroq.

Qayd etilishicha, sobiq davlat kotibi hardoim mashhur shaxs bo’lgan, biroq yangi tadqiqot uning o’tgan yilning noyabridagi saylovlarda o’zi uchun ovoz bergan tarafdorlarini ham yo’qatganligini ko’rsatmoqda.

AQSHning 42-prezidenti Bil Klintonning rafiqasi, sobiq birinchi xonim bir qancha nutqlar qildi va ba’zan Trapmni Twitterda tanqid ostiga oldi, biroq saylovdagi mag’lubiyatdan so’ng u siyosiy maydondan uzoqlashdi.

Manba: Gazeta.ru