Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

AQSH senatori Jon Makkeynga miya saratoni tashxisi qo’yildi

  • Bo'lim: DUNYO

AQSH senatori Jon Makkeynga miya saratoni tashxisi qo’yildi. Bu haqda chorshanba kuni qonunchilik idorasiga tayangan holda Reyter agentligi ma’lum qildi.

Agentlikga ko’ra, gap kasallik kelib chiqishiga tromb sabab bo’lgan – glioblastoma haqida bormoqda.

Avvalroq, Makkeyn chap ko’zidagi trombni oldirib tashlash uchun jarrahlik amaliyotini boshidan o’tkizgan edi. Ayni vaqtda, Amerikaning bir qancha ommaviy axborot vositalari saratonni olib tashlanganligini xabar bermoqda.

Makkeynda jarrohlik amaliyotini o’tkazgan Mayo klinikasi (Feniks sharida joylashgan) bayonotida qayd etilishicha “senator va uning oilasi keyingi bosqich davolanish imkoniyatlarini o’rganib chiqmoqda”. Bunda takidlanishicha “keyingi bosqich nurlanish va kimyoterapiyasi kurslarini o’z ichiga oladi”.

Glioblastoma  miya saratoning eng ko’p uchraydigan va tajovuzkor turidir. Ushbu kasallikni davolashda kimyoterapiya, nurlanish va jarrohlik amaliyotlaridan foydalaniladi.

Davolash amalga oshirilmasa glioblastomaga chalinganlarning o’rtacha yashash muddati bir necha oyni tashkil qiladi, buni kimyoterapiya va nurlanish kurslari orqali 15 oygacha uzaytirish mumkin. Biroq, bir qancha be’morlar ikki yilgacha yashashi mumkin.

Manba: RIA Novosti