Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

AQShning Avg’onistondagi yanglish zarbasi oqibatida qurbon bo’lganlar soni 16 kishiga yetdi

  • Bo'lim: DUNYO

Juma kungi AQShning xato zarbasi oqibatida 16 nafar afg’on politsiyachisi halok bo’ldi va ikki nafari yaralandi deb xabar beradi mahalliy hukumatlarga tayangan holda Frantsiya matbuot agentligi.

Avvalroq Associated Press qurbonlar 12 nafarni tashkil qilganligini xabar bergandi.

Hodisa juma kuni kechki payt tahminan soat 17:00 da Helmand viloyatida sodir bo’lgan. Bu vaqtda Afg’on xavfsizlik kuchlari qishloqni “Tolibon” harakati jangarilaridan tozalash amaliyotini o’tkazayotgan edi deb ta’kidlagan Avg’on politsiyasi vakili.

“Hujum vaqtida 16 nafar afg’on politsiyachisi, jumladan ikki nafar kommandirlar halok bo’lgan. Ikki nafar politsiya hodimi jarohatlangan” – dedi u. Ushbu ma’lumot hukumat vakili Umar Zvak tomonidan ham tasdiqlangan.

Manba: RIA Novosti