Kirish
So'nggi yangilanish: 19.06.2018

AQSh Afg’onistonga 3,5 ming harbiy xizmatchi jo’natdi

  • Bo'lim: DUNYO

Afg’onistonga Amerikaning 3,5 ming nafar qo’shimcha harbiy kontingenti jo’natildi, deb xabar bermoqda TASS.

Shu tariqa Afg’onistonda AQShga qarashli 14,5 mingga yaqin harbiy xizmatchi joylashadi. Pentagon qo’shimcha harbiy jo’natilishi zaruriyatini sharhlagani yo’q.

15 iyul kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Afg’onistonga qancha harbiy jo’natish kerak bo’lsa mustaqil aniqlash ixtiyorini Pentagonning o’ziga bergan. Oq uy amerikalik va afg’onistonlik harbiylar toliblarga yengilayotgani haqidagi xabarlardan so’ng qo’shimcha kuchlar jalb etayotgan bo’lishi mumkin.

Manba: sof.uz