Kirish
So'nggi yangilanish: 17.11.2018

Klinton: Putin mendan qasos olmoqchi bo’ldi

  • Bo'lim: DUNYO

AQSh sobiq davlat kotibi va mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Hillari Klintonning ma`lum qilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin undan «qasos olish niyatida» bo’lgan. Bunga uning turmush o’rtog’i, AQSh sobiq prezidenti Bill Klintonning siyosati sababchidir. Bu haqda sobiq davlat kotibi USA Today’ga bergan intervyusida aytib o’tdi.

«Men aniq bilamanki, Putin men mag’lub bo’lishim hamda Tramp g’alaba qozonishini xohlagan. Ishonchim komilki, Tramp va uning rus pullari o’rtasidagi moliyaviy aloqalarda tushunarsiz holat bor. Trampning saylovoldi shtabi va uning boshqa yordamchilari ruslar bilan aloqalari bor ekanini yashirish uchun juda ko’p ishlashgan», - dedi Klinton.

Uning so’zlariga ko’ra, Putin sharqiy Yevropa davlatlari NATOga kirgach, «qasos olishni» boshlagan.

Avvalroq Hillari Klinton prezidentlik lavozimi uchun o’z nomzodini boshqa ilgari surish niyatida emasligini ma`lum qilgandi.

Manba: kun.uz