Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Shveytsariya kompaniyasi Alp tog’lari havosini eksport qilishni boshladi

  • Bo'lim: DUNYO

Shveytsariyada tog’ havosini eksport qilish boshlandi. Shveytsariyaning Alpine Air kompaniyasi dunyoning eng ifloslangan shaharlarini toza havo bilan ta’minlashga ishonadi deya ta’kidlangan ishlab chiqaruvchilarning saytida.

“Har yili sayohatchilar dam olish va toza tog’ havosidan nafas olish uchun Shveytsariya Alp tog’lariga tashrif buyurishadi. Bu bizda mavjud bo’lgan toza havoni eksport qilish. Biz allaqachon to’g’dan buloq suvini, shokolad va pishloqni eksport qilmoqdamiz. Xo'sh, nima uchun toza havoni eksport qilmasligimiz kerak? Bu dunyodagi eng yaxshi havo” - deydi ishlab chiqaruvchilar.

Toza Alp tog’lari havosi 7 litrlik idishda aerozol holatda onlayn tarzda sotiladi. Bu shisha 120 marta nafas olishga yetarli bo’lishi kerak. Siz bitta aerozolning 21 dollarga sotib olishinggiz mumkin. Agar 3 yoki 6 shisha aerozol xarid qilsangiz sizga chegirmalar taqdim etiladi.

Ishlab chiqaruvchilarning so’zlariga ko’ra, Alp havosi dunyoning eng ifloslangan shaharlarining aholisini toza kislorodan nafas olishiga imkon beradi. Aerozolga nafas olish uchun maxsus niqob ham qo'shilgan.

Ayni paytda kompaniya o'z g'oyasini ilgari surish uchun investorlar qidirmoqda.

Manba: RIA Novosti