Kirish
So'nggi yangilanish: 27.05.2018

Cherchilning sigarasi 12 ming dollarga sotildi

  • Bo'lim: DUNYO

Britaniya bosh vaziri Uinston Cherchilning 1947 yilda chekib tugallanmagan yarim sigarasi RR Auction auksionida 12 ming do’llarga sotildi. Bu haqda kimoshdi savdosining saytida ma'lum qilingan.

Sigaraning boshlang’ich narxi 1000 do’llar edi.

Cherchil 1947 yil 11 mayda Fransiyaning La Burje aeroportida “La Carona” sigarasini chekish uchun yoqadi. Keyinchalik sigara Qirollik Harbiy Havo Kuchlari bazasini Norshold’dan ko’chirayotga ekipaj a’zosi tomonidan olinadi.

Sigara Cherchil portretining ajralmas bir qismidir. Deyarli barcha fotosuratlarda u o’z yomon odatini ko’rsatgan.

2010 yilda Cherchillning shaxsiy buyumlari to'plami Londonda sotilgan.

Manba: Lenta.ru