Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Italiya hududlari ham avtonomiya talab qilmoqda

  • Bo'lim: DUNYO

22 oktyabr kuni Italiyaning ikki yirik viloyati Lombardiya va Venesiyada muxtoriyat talabi bilan boshlangan referendum o’tkazilishi lozim.

Venesiya gubernatori Luka Dzayyaning aytishicha, hudud fuqarolarining xohish-irodasi “tarixiy imkoniyat”dir. Venesiya aholisi anchadan beri muxtoriyat kengayishini talab qilib keladi.

Agar muxtoriyat talabgorlari ko’pchilik bo’lib chiqsa mahalliy hukumat Rim bilan muzokara olib boradi. Ularning talabi qondirilgan taqdirda Lombardiya va Venesiyalar ta'lim, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda boshqaruv vakolatini qo’lga kiritadi.

Lombardiya va Venesiya Italiya shimolidagi boy viloyatlar sanaladi. Bu ikki hudud mamlakat yalpi ichki mahsulotining taxminan uchdan birini ishlab chiqaradi. Muxtoriyat qo’lga kiritilsa, ishlab topilgan mablag’ning ko’proq qismi mahalliy byudjetga sarflanadi.

Manba: sof.uz