Kirish
So'nggi yangilanish: 17.11.2018

Germaniyada sakkiz soatlik ish kunini bekor qilish taklif etildi

  • Bo'lim: DUNYO

Germaniya hukumati huzuridagi Iqtisodiy Ekspertlar Kengashining raisi Kristof Shmidt "Welt am Sonntag" gazetasiga bergan intervyusida nemis kompaniyalari raqobatbardoshligini ta’minlash uchun Germaniyada yanada moslashuvchan ish tartibi joriy qilinishi kerakligini ta’kidlab o’tdi. Bu haqda Deutsche Welle xabar bermoqda.

"Ertalab ofisda ish kuni boshlanadi va ofisdan chiqib ketish bilan tugaydi degan fikr eskirib qolgan", dedi u. Schmidt shuningdek raqamli texnologiyalar bilan yaralgan yangi dunyoda omon qolishni xohlaydigan firmalar erkin harakat qilaolishi, moslashuvchan bo’lishi va o’z hodimlari guruhini tezkor topa olishi kerakligini qo’shimcha qildi.

Biroq u mehnat qonunchiligini isloh qilinishi ish vaqtining yashirin o'sishiga olib kelishi haqida ogohlantirdi. “Ehtimol ish beruvchilarga bu maqul kelishi mumkin, biroq biz kun va hafta mobaynida mavjud ish soatlarining yanada moslashuvchan tarzda taqsimlanishi to’g’risida gaplashishimiz kerak”, dedi u.

Manba: lenta.ru