Kirish
So'nggi yangilanish: 12.12.2018

Olimlar yaqin kelajakdagi asosiy tahdidlar haqida ogohlantirdi

  • Bo'lim: DUNYO

Ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha yerdagi barcha tirik mavjudodlar uchun asosiy tahdid “Global isish” hisoblanadi. BioScience jurnalining yozishicha 185 mamlakatdan 15 mingdan ortiq olimlar shunday xulosaga kelishgan.

Ma’lumotlarga qaraganda 1992 yildan buyon sayyoramizdagi o’rtacha harorat 0,5 darajaga, karbonat angidrid chiqindilari miqdori 62 foizga o’sgan. 25 yil davomida o’rmonlar maydoni va toza ichimlik suvi kamaydi va okeandagi kislorod miqdori kamaygan “O’lik zo’nalar” hajmi o’sib bordi.

Shuningdek qayd etilishicha o’tgan asrning so’ngi choragida sayyoramiz aholisi 2 milliardga o’sgan, hamda boshqa sut emizuvchilar, sudraluvchilar, amfibiyalar va baliqlarning soni 30 foizga kamaygan. Shu bilan birga,a xlorfluorokarbonlarning bosqichma-bosqich yo’qolib borishida ijobiy holat kuzatildi va bu stratosferadagi ozon teshiklarining kamayishiga olib keldi.

Manba: ren.tv