Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Guardian: Zimbabvening sobiq prezidenti har oyda 150 ming dollar oladi

  • Bo'lim: DUNYO

Zimbabve Prezidenti Robert Mugabening iste’foga chiqishi haqidagi kelishuv unga 10 million dollar to’lanishini ko’zda tutgan, ushbu miqdorning yarmi bir vaqtning o’zida to’lanadi, shundan so’ng sobiq siyosatchi oyiga 150 ming AQSh do’llari miqdorida umrbod yordam puli olib turadi. Bu haqda shanba kuni The Guardian gazetasi Afrika davlatining hukmron partiyasidagi manbalariga tayanib ma'lum qildi.

 

Nashr ma’lumotlariga ko’ra, agar sobiq Prezidentning xotini eridan ko’proq yashasa, unga eriga belgilangan pul miqdorining yarmi to’lanadi.

21 noyabr kuni mamlakatni dastlab bosh vazir, keyinchalik prezident sifatida 37 yil boshqargan Rober Mugabe iste’foga chiqishini e’lon qildi. Bu hodisa harbiylar hukumat binolariga va parlamentga bo’lgan yo’lni to’sib qo’yib, televideniyani nazoratga olib siyosatchini uy qamog’iga tashlagandan so’ng sodir bo’ldi.

Shundan so’ng mamlakatning hukmron partiyasi “Zimbabve Afrika milliy ittifoqi - Vatanparvarlik fronti” Mugabeni o’z lavozimidan ozod etdi va uning o’rniga sobiq vitse-prezident Emmerson Mnangagvani tayinladi. U 24 noyabr kuni davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi.

Manba: TACC