Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Olimlar insoniyatni yo'q qilishga qodir bo'lgan super-vulqonlarning sodir bo’lishi haqida ogohlantirishdi

  • Bo'lim: DUNYO

Yangi tadqiqotlarga ko’ra insoniyat sivilizatsiyasini yo’q qilib yuborishga qodir super vulqon ilgari o’ylanganidan ko’ra tezroq sodir bo’lishi mumkin.

Ilgari olimlar super vulqonlarni har 45,000 - 714,000 yilda sodir bo’lishini hisoblab chiqishgandi.

Oxirgi super vulqon 74,000 yil oldin Indoneziyaning Agung tog’i hududida sodir bo’lgan. Yaqinda ushbu tog’ning faolligi 100,000 odamni Bali shahridan evakuatsiya qilishga majbur qilgandi.

Summatra orolidagi hozirgi Toba ko’li joylashgan hududga 3,000 kub kilometrdan oshiq tosh va kul havoga otilib chiqqandi.

Eng yirik super vulqonlar deyarli butun bir qit’alarni vulqon kuli bilan qoplashi va yer yuzida ob-havoni o’n yillarga o’zgartirib yuborishi mumkin.

Yer va sayyora ilmiy maktublari jurnalida chop etilgan yangi tadqiqotlardan kelib chiqib keyingi vulqon otilishi biz o’ylaganimizdan ko’ra tezroq sodir bo’lishi mumkin deb yozadi Independent.

Professor Ryuer va uning Bristol universitetidagi jamoasi geologik yozuvlar ma’lumotalar bazasidan foydalanib super vulqonlarning yuz berish davrlarini hisoblab chiqishdi.

Ular super vulqonlar 5,200 va 48,000 yil oralig’ida takrorlanishi mumkin, aniqrog’i har 17,000 yil ichida takrorlanadi degan xulosaga kelishgan.

Yozuvlar shuni ko’rsatadiki eng so’ngi ikkita super vulqon 20,000 - 30,000 yil oralig’ida sodir bo’lgan.