Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

NASA Yupiterdan olingan bulutlar suratini chop etdi

  • Bo'lim: DUNYO

NASA Yupiterning shimoliy yarim sharidagi bulutlar suratini chop etdi, surat bulutlarni yuqori qatlamidan 18,9 ming kilometr uzoqlikda joylashlashgan Juno zondidan olingan. Rasm ko’k rangli filtr bilan qayta ishlangan deb xabar beradi tashkilotning matbuot xizmati.

Rasm 24 oktyabr kuni soat 10:24da olingan. Tadqiqot davomida kema 57,57 graduslik kenglikda edi. Surat o'lchami - 12,5 km/piksel.

2011 yil avgust oyida Florida shtatidagi Karnaveral burnidan Juno zondini ortgan Atlas V raketasi Yupiterga uchirildi. Bu amerika "New Frontiers" dasturining ikkinchi missiyasi edi. Zond Yupiter oribitasiga 2016 yil 5 iyulda kirgan. Shundan so’ng qurilma planetaning dastlabi suratini olgan. 2016 yilning avgust oyida Juno Yupiterning yuqori atmosferasidan 4,2 ming kilometr masofaga yaqinlashadi.

Qurilma Yupiterning tortishish va magnit maydonlarini o'rganish bilan shug'ullanadi hamda sayyora mustahkam yadroga egaligi to’g’risidagi gipotezani tekshiradi. Shuningdek Zond Yupiter atmosferasini o’rganadi va suvni izlash bilan shug’ullanadi.

Reuters ma’lumotlariga ko’ra loyihaning qiymati 1 milliard dollarga teng.

Manba: rbc.ru