Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Bitkoin kapitallashuvi 200 milliard dollardan oshdi, kriptovalyuta yangi rekordlarni qayd etmoqda

  • Bo'lim: DUNYO

Dunyodagi eng ommabopva qimmat kriptovalyuta bitkoin qiymati yana bir yangi tarixiy rekordni qayd etdi va bir bitkoin qiymati 12 ming dollarga teng bo’ldi. Uning kapitalizatsiyasi 200 milliard dollardan oshdi.

Coinmarketcap portalida o'tkazilgan savdolar ma'lumotiga ko'ra, bitkoin Bitfineks birjasida 11 405 - 12 160 dollar oralig’ida sotilgan deb xabar beradi PRIME.

Joriy oyning boshidan buyon bitkoin narxi 20 foizga ko’tarildi va uning kapitalizatsiyasi tarixda birinchi bor 200 milliard dollardan oshdi.

O’tgan haftada bitkoin kursi faol o’sishni boshlagan edi, u 29 noyabrda yangi tarixiy rekordni qayd etdi – 11 441 dollar, shundan so’ng u 2000 dollarga keskin pasayib ketdi. Tahlilchilar buni kriptovalyuta yangi tarixiy rekordni qayd etgandan so'ng savdogarlarning yuzaga kelgan daromadlari bilan bog’lagan.

Manba: rosbalt.ru