Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Ochlikdan o’layotgan oq ayiq internet foydalanuvchilarini dahshatga soldi (+video)

  • Bo'lim: DUNYO

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ochlikdan o’layogan oq ayiq videosini faol muhokama qilishmoqda, Mazkur video Kanadaning Baffin orolida tasvirga olingan.

Videorolik Paul Niklen tomonidan Instagramda chop etildi. Shunday qilib u global isish muammosiga e’tibor qaratishni xohlagan, chunki bu oq ayiq ochligining asosiy sababchisi.

Videoyozuvda hayvonning qanchalik ozg’inligi, zo’rg’a harakat qilib axlat qutisi yoniga kelishi va u yerdan ozuqa izlashi aks etgan. Biroq u axlat qutisidan hechnarsa topa olmaydi va kuchsiz yerga yiqiladi. Videorolik muallifiga ko’ra, tasvirga olingandan so’ng ayiq bir necha kun ichida yoki hatto bir necha soatlarda vafot etgan. Shu bilan birga, Niklen uning guruhi harakat qilgan taqdirdayam ayiqni qutqarib qola olmasligini ta’kidladi.

So’ngi ma’lumotlarga ko’ra, ochlikdan o’layotgan ayiq videosini 1,1 milliondan ortiq odam ko’rgan.

Manba: kp.ru