Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Shimoliy Atlantikada 512 yoshli akula ushlandi

  • Bo'lim: DUNYO

The Sun’ning malum qilishicha ushlangan akula Grenlandiya yoki qutib akulalari turiga mansub bo’lib yiliga o’rtacha bir santimetrga o’sadi va o'rtacha yoshi 272 yil bo'lib eng uzoq umr ko’ruvchi umurtqali hayvon hisoblanadi. Ushlangan akulaning uzuligi taxminan 5,4 metrni tashkil etadi, uning yoshi ko'zining linzalarini radiokarbonli tahlil qilish yo'li bilan aniqlanadi.

Garchi Grenlandiya akulalari qornida kiyik va otlar qoldiqlari topilgan bo’lsada ular asosan boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Islandiyada ularning go’shti tansiq taom hisoblanadi, go’sht zaharli bo’lganligi sababli undan tayyorlanadigan taomlar maxsus tarzda tayyorlanishi kerak.

Ushlangan akulaning DNKni o’rganish tadqiqotchilarga Grenlandiya akulalarining uzoq umr ko’rish mexanizmini va boshqa umurtqali hayvonlardan qanday farq qilishini tushunishga yordam beradi. Shuningdek Grenlandiya akulalari “vaqt kapsula”laridan hisoblanadi, ularni o’rganish bizga insoniyat svilizatsiyasining okeanlarga ta’siri darajasini tushunishga imkon beradi.

Quruqlikda eng uzoq umr ko’ruvchi hayvon toshbaqa hisoblanadi, u 250 yil umr ko’rishi mumkin.

Manba: ntv.ru