Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Uchinchi jahon urushi markazlari

  • Bo'lim: DUNYO

AQShning milliy xavfsizlik va mudofaa ishlari bo’yicha mutaxassisi, professor Robert Farley 2018 yilda uchinchi jahon urushi sodir bo’lishi mumkin bo’lgan beshta mamlakat va mintaqa hududlarini sanab o’tdi. Ro’yxat The National Interest jurnali tomonidan keltirilgan.

Farley birinchi o’ringa ballistik raketalarni ishlab chiqargani uchun Shimoliy Koreyani (KXDR) qo’yadi. Urush boshlangani zahotiyoq Yaponiya va Xitoy unga qo’shiladi. Shuningdek u AQSh Prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining tajribasizligi Koreya yarim orolidagi vaziyatni dunyodagi eng jiddiy tashqi siyosiy inqirozga aylantirganini qayd etib o’tdi.

Professor ro’yxatida ikkinchi o’rin Tayvanga berilgan. Uning so’zlariga qaraganda, Xitoy AQShning noroziliklariga qaramasdan mintaqadagi harbiy ishtirokini kuchaytirmoqda, bu esa o’z novbatida orolga qurol-aslaha yetkazib berish hajmini oshirdi.

Ro’yxatda uchinchi o’rin Ukrainada. Farleyning so’zlariga ko’ra, mamlakat janubi-sharqida tuzilgan sulhlarning doimiy buzilishi oqibatida vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bundan tashqari Mixail Saakashvili atrofida sodir bo’layotgan vaziyatlar va Kievdagi norozilik namoyishlari hozirgi hukumatning beqarorligini ko’rsatadi. Hukumatqulashining eng yomon oqibati radikal kuchlarining g’alabasi bo’lishi mumkin, bu esa Donbassdagi mojaroni yanada kuchaytiradi, va bu Rossiya bilan G’arb o’rtasidagi to’liq urushdir deya ta’kidlaydi professor.

Shuningdek Farleyning qo’rquvi Turkiyadagi va umuman NATOning janubiy qanotidagi vaziyat bilan bog’liq. Uning fikriga ko’ra, Anqaraning Yevropa va AQShdan ajralib chiqishi hamda Rossiya bilan yaqinlashuvi mintaqadagi hokimiyat muvozanatining sezilarli darajada o’zgarishiga olib keladi. Bu, o'z navbatida, Suriya, Iroq, Eron, Bolqon va Kavkazdagi vaziyatga ta'sir qiladi.

Urushning sodir bo’lishi mumkin bo’lgan o’choqlari ro’yxatida oxirgi o’rinni Fors ko’rfazi egallaydi. Professor Saudiya Arabistonining Eronga qarshi harbiy va diplomatik koalitsiya yaratish imkoniyatini ochiq e’lon qilish va bunga Isroilni ham qo’shish harakatlarini havfli deb hisoblaydi. Bundan tashqari ko’rfaz Rossiya manfaatlari hududidir – dedi u.

Umuman olganda Farley fikriga ko’ra, 2017 yilda butun dunyoda mojarolar keskinlashuvi sezilarli darajada oshdi.

Manba: Lenta.ru