Kirish
So'nggi yangilanish: 17.11.2018

CNN: AQShda Trampni qo’llab-quvvatlash reytingi rekord darajada pasayib ketdi

  • Bo'lim: DUNYO

AQSh prezidenti Donald Trumpning davlat boshlig'i sifatida faoliyat yuritayotganini amerikaliklarning faqat 35 foizi tasdiqladi. Buni seshanba kuni CNN tomonidan o'tkazilgan yangi so'rov natijalari tasdiqlaydi.

Shuni ta’kidlash lozimki bu Tramp prezidentlikka kirishganidan buyon CNN tomonidan o’kazilgan so’rovlar orasidagi eng minimum ko’rsatkich. Respondentlarning 59 foizi hozirgi amerika yetakchisining faoliyatiga salbiy baho berishgan. Taqqoslash uchun, joriy yilning mart oyida CNN tomonidan o’tkazilgan tadqiqot ishtirokchilarining 45 foizi Tramp faoliyatini qo'llab-quvvatlagan edi.

Bundan tashqari Trampning hozirgi mashhurlik ko’rsatkichlari prezidentlik faoliyati birinchi yilining ohirgi oyi uchun boshqa barcha AQSh prezidentlariga taqqoslaganda eng yomon holatda. Masalan, Jorj Bush prezidentligining birinchi yilida 86 foiz, Jon Kennedy 77 foiz, Duayt Eyzenhauer 69 foiz aholi tomonidan qo’llab-quvvatlangan. Richard Nixon, Jimmi Karter, Bill Klinton va Barak Obamalarning boshqaruvi prezidentlik faoliyatining birinchi yili ohirida amerikaliklarning 55-59 foizi tomonidan qo’llab-quvvatlangan.

Agar faqat Respublikachilarni oladigan bo’lsak, ular orasida Trampning faoliyati 85 foiz odam tomonidan qo’llab-quvvatlangan deb xabar beradi CNN. Demokratlar orasida uning qo’llab-quvvatlanishi 4 foizga teng.

So'rov 14 dekabrdan 17 dekabrgacha o'tkazilgan bo'lib, unda 1000 dan ortiq amerikalik ishtirok etgan. Natijalarning xatolik koeffitsienti taxminan 3,8 foizni tashkil etadi.

Manba: TACC