Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Peruda 100 metr balandlikdan qulash tufayli 36 odam halok bo’ldi

  • Bo'lim: DUNYO

Peruda avtobus va yuk mashinasi to'qnashuvi natijasida 36 kishi halok bo'ldi. Bu haqda yo'l harakati politsiyasi vakili Peruning Canal N telekanaliga ma'lum qildi.

Voqea Peru poytaxti Lima shahridan 70 kilometr uzoqlikdagi "Shayton burilishi" (Curva del Diablo) nomi bilan mashhur bo'lgan aylanma yo’lda sodir bo'lgan. To'qnashuvdan so'ng taxminan 50 yo'lovchisi bo'lgan avtobus 100 metr balandlikdan tubsizlikka qulab tushgan. Qutqaruv operatsiyasi halokat joyining geografik joylashuvi sababli murakkablashgan.

14 dekabr kuni Fransiyada elektr poyezdi maktab avtobusi bilan to’qnashib ketgan edi. Natijada 4 nafar bola halok bo’lgan.

Manba: lenta.ru