Logo

Peruda 100 metr balandlikdan qulash tufayli 36 odam halok bo’ldi

Peruda avtobus va yuk mashinasi to'qnashuvi natijasida 36 kishi halok bo'ldi. Bu haqda yo'l harakati politsiyasi vakili Peruning Canal N telekanaliga ma'lum qildi.

Voqea Peru poytaxti Lima shahridan 70 kilometr uzoqlikdagi "Shayton burilishi" (Curva del Diablo) nomi bilan mashhur bo'lgan aylanma yo’lda sodir bo'lgan. To'qnashuvdan so'ng taxminan 50 yo'lovchisi bo'lgan avtobus 100 metr balandlikdan tubsizlikka qulab tushgan. Qutqaruv operatsiyasi halokat joyining geografik joylashuvi sababli murakkablashgan.

14 dekabr kuni Fransiyada elektr poyezdi maktab avtobusi bilan to’qnashib ketgan edi. Natijada 4 nafar bola halok bo’lgan.

Manba: lenta.ru

 

© 2015 - 2017 Tridantus.uz. Axborotdan foydalanilganda veb-sayt manzili ko'rsatilishi shart. Barcha huquqlar amaldagi qonunchilikka binoan himoyalangan. Sayt materiallaridan to'liq yoki qisman tijorat yo'lida foydalanish qat'iyan man etiladi!