Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Shimoliy Karolinada timsoh muz ichida muzlab qoldi (+video)

  • Bo'lim: DUNYO

Shimoliy Karolina milliy parkida yashovchi timsoh mahalliy suvda suv bilan birga muzlab qoldi. Suv yuzasida uning faqat tumshug’i ko’rinib turibdi, tanasining qolgan qismi suv ostida qolgan. Hodisani Shalotta River nazoratchisi Svam Park tasvirga olgan.

Yilning boshlanishida AQSh shtatlarining yarmi kuchli sovuq va qor sababli favqulotda holat e’lon qilgan. Mamlakatning bazi hududlarida havo harorati selsiy bo’yicha -30 darajaga tushib ketgan. Ohirgi ma’lumotlarga ko’ra yomon ob-havo sababli 26 odam halok bo’lgan deb xabar beradi vesti.ru.

Bu vaqt hayvonlar uchun eng qiyin vaqt hisoblanadi, ayniqsa Shimoliy Karolina timsohlari ushbu vaqtdagi sovuqdan aziyat chekadi. Daryolar va ko’llarda yashovchi hayvonlar suv ichida muzlab qoladi. Shu bilan birga sudralib yuruvchilar bu vaqtda halok bo’lishmaydi, ular o’zlarining tana haroratini pasaytirib o’ziga xos uyqu holatiga tushishadi. Bu holatni mutaxassislar brumation - “gibernatsiya” (qishgi uyquga ketish) deb atashadi.