Kirish
So'nggi yangilanish: 16.10.2018

Olimlar insoniyatning yo’q bo’lib ketish vaqti va sabablari haqida ogohlantirdilar

  • Bo'lim: DUNYO

Amerika Qo'shma Shtatlarining Milliy Fanlar akademiyasi ingliz va amerikalik olimlardan rasmiy murojaatnoma oldi, unda tadqiqotchilar yer yuzida hayotning tugashi haqida ogohlantirishgan.

RIA Novosti ma’lumotlariga ko’ra, yer yuzida energiya iste’moli yuqori bo’lganligi sababli yuzaga keladigan iqlim o’zgarishi insoniyatning tez orada kamayishiga olib keladi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, hatto atmosferaga chiqarilayotgan zararli chiqindilar miqdori kamaytirilsa ham yuzaga kelishi mumkin bo’lgan halokatli oqibatlar oldi olinmaydi. Olimlar hayvonlarni 2200-2400 yillarga borib butunlay yo’q bo’lib ketishi mumkinligini taxmin qildilar, insoniyat esa bundan ancha uzoqroq vaqt davomida saqlanib qolishiga umid qilmayotganliklarini aytdilar.

Tadqiqotchilar insoniyat uchun asosiy xavfdan tashqari, yana bir nechta ahamiyatli muammolarni ta’kidlab o’tdilar. Ular orasida yerning kosmik jismlar bilan to'qnashuvi, yadroviy qish, pandemiya va hatto sun'iy intellektni yaratilishini bashorat qilib bo’lmaslik kabi muammolarni keltirib o’tdilar.

Manba: ura.ru