Kirish
So'nggi yangilanish: 19.10.2018

Olimlar yerning qaysi mintaqasiga asteroid tushish havfi mavjudligini aytishdi

  • Bo'lim: DUNYO

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “meteorit tushish havfi” mavjud mintaqalar vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi, natijada asteroid tushish xavfi nazariy jihatdan har bir mintaqaga tahdid solishi mumkin.

Kolumbiya planetologlari yer yuziga asteroid tushish ehtimolini hisoblab chiqishdi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, Afrika, Osiyo va Amerika davlatlariga asteroid tushish ehtimoli eng kam darajani qayd etgan. Ehtimoliy asteroid tushishi Rossiya Federatsiyasi va Yevropaning shimoliy qismiga tahdid solyapti.

Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, bunday fojialar eng kamida yerning ekvatorial va tropik mintaqalariga tahdid soladi. Biroq, ular ko’proq Shimoliy yarimsharning o’rta va qutb kengliklariga xavf tug’dirishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o’tish lozimki, mintaqalarga meteorit tushish xavfi vaqt o’tishi bilan o’zgarib turadi, shuning uchun nazariy jihatdan asteroid har bir mintaqaga tahdid solishi mumkin.

Manba: Rambler