Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Qonun ustuvorligi reytingi e`lon qilindi, unda O'zbekiston ham bor

  • Bo'lim: DUNYO

World Justice Project xalqaro tashkiloti qonun ustuvorligi jahon reytingini e`lon qildi. Unda 113 mamlakat nomi keltirilgan bo'lib, O'zbekiston 91-o'rinda qayd etilgan, bu o'tgan yilga qaraganda 2 pog'ona yuqori ko'rsatkichdir. Bu haqda kun.uz xabar berdi.

Qonun ustuvorligi reytingi yilda bir marta tuziladi. Bu yilgi reytingda Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Shvetsiya va Niderlandiya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda. AQSh 19-o'rinda kelgan. Eng oxirgi o'rinda Venesuela qayd etilgan.

Qozog'iston 113 mamlakat ichidan 64-o'rinni, Qirg'iziston 82-o'rinni, Afg'oniston esa 111-o'rinni egallagan. Reytingda Tojikiston va Turkmaniston yo'q.

WJP qonun ustuvorligi reytingi sakkiz ko'rsatkich asosida tuziladi: hukumat institutlari vakolatlarini cheklash, korrupsiya darajasi, davlatning ochiqligi, qonun ustuvorligi va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, huquq tartiboti, fuqarolik sudi va jinoiy suddagi adolat ko'rsatkichlari.