Kirish

Orbitadan suratga olingan ekologik falokat: Orol dengizining tanazzuli

  • Bo'lim: DUNYO

Rossiyalik astronavt Anton Shkaplerov Xalqaro Kosmik Stantsiyadan (XKS) quriyotgan Orol dengizi suratini oldi. U olingan suratni Instagramga joylashtirdi.

“Orol dengizi - sobiq berk sho’r ko’l bo’lib, u Qozog’iston va O’zbekiston chegarasida joylashgan. 1960 yilga qadar u dunyodagi eng yirik to’rtinchi ko’l hisoblangan, biroq bugungi kunda dengiz sathining miqdori katastrofik darajada past” - deb yozadi Shkaplerov o’z Instagramida.

Yer operativ monitoring ilmiy markazi veb-saytida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, 1960 yildan boshlab Orol dengizi maydoni 69 ming kvadrat kilometrdan 8,3 ming kvadrat kilometrgacha (bugungi kunda) qisqardi. Orol dengizi tanazzuli unga quyiluvchi asosiy daryolar - Anudaryo va Sirdaryo suvining Turkmaniston, O’zbekiston va janubiy Qozog’iston iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish va sug’orish ishlarini kengaytirish maqsadida suvni yo’naltirilishi sababli vujudga kelgan.

Fevral oyi boshida bir guruh amerikalik tadqiqotchilar asrning oxiriga borib butun dunyo bo'ylab yirik qirg’oqbo’yi shaharlari dengiz sathining yarim metrdan ko’proqga ko’tarilishi sababli suv ostida qolishi mumkinligini bashorat qilishgandi.