Kirish
So'nggi yangilanish: 17.07.2018

Koinotning kelib chiqishidan to hozirgi kungacha bo’lgan vaqt 10 daqiqalik videoda!

  • Bo'lim: DUNYO

YouTube’da “melodysheep” laqabi bilan mashhur bo’lgan video havaskor Jon Bosuel koinotning butun hayotini o’zida aks ettirgan videoni namoyish etdi.

Tasvirlarda koinotdagi hayotning eng muhim lahzalari - Buyuk Portlash natijasida yulduzlar va gallaktikalarning kelib chiqishidan to hozirgi vaqtgacha bo’lgan hayot aks ettirilgan.

Videoning har bir soniyasida koinotdagi hayotning 22 million yili tasvirlangan. Butun video davomida koinotning yoshi 13,8 milliard yilgacha tenglashadi.

Avvalroq, britaniyalik fizik va ilm-fan namoyondasi Stiven Xoking Star Talk dasturida Buyuk Portlash va koinotning paydo bo’lishidan oldin koinotda hechnima bo’lmaganligi to’g’risidagi savolga javob bergandi. Eynshteynning umumiy nazariyasiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning fikriga ko'ra, makon va vaqt massa va energiya ta'siri ostida deformatsiyalanadigan makon-vaqt doimiyligini hosil qiladi.