Kirish
So'nggi yangilanish: 19.10.2018

Fransiyalik ayol beshta chaqalog’ini o’n yil muzlatkich ichida eridan yashirib kelgan

  • Bo'lim: DUNYO

Fransiyada o’n yil davomida chaqaloqlarining jasadlarini o’z oilasidan muzlatkichda yashirib kelgan ayol ustidan sud boshlandi, deb yozadi Daryo nashri The Local'ga asoslanib.

Yangi tug’ilgan chaqaloq jasadini ayolning ikki qizidan biri uyda sovitgich ichidan topib olgan. Topilma haqida u darhol otasiga aytib bergan, erkak shu zahoti politsiyaga murojaat qilgan.

Keyinroq ma'lum bo’lishicha, bola topib olinishidan 48 soatcha avval soppa-sog’ holda tug’ilgan. Tibbiy ekspertizaga ko’ra, u yashab ketgan bo’lardi. Tintuv chog’ida politsiyachilar yana to’rtta muzlatilgan jasadni aniqladi.

Shundan keyin ota-ona hibsga olindi. Erkak jasadlarni yashirganlikda va hodisa haqida politsiyaga xabar bermaganlikda ayblandi. Biroq keyinroq ayblovlar olib tashlandi: erkak 2005-2015 yillar davomida xotini bir necha marotaba homilador bo’lib, ko’zi yoriganidan bexabar ekanligini da'vo qildi. Advokatning so’zlariga ko’ra, ayni paytda erkak rafiqasini qo’llab-quvvatlamoqda, u qilgan qilmishi uchun xotinidan darg’azab emas.

Sud 19 mart kuni, jasadlar topilganidan uch yil o’tib boshlandi. Sudlanuvchi butun umrlik qamoqqa mahkum qilinishi mumkin.