Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Turkiya Yevropa Ittifoqiga qo’shilish g’oyasiga sodiq qolmoqda

  • Bo'lim: DUNYO

“Turkiya Yevropa Ittifoqiga qo’shilish g’oyasiga sodiq qolmoqda”

Turkiya garchi tashkilotning a’zolari tomonidan qarshilik bo’layotganiga qaramay, Yevropa Ittifoqiga qo’shilish g’oyasidan hech qachon voz kechmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo’g’an ma’lum qildi deb xabar bermoqda Anado’lu xabariga asoslanib Azon.uz.

“YeI tomonidan boshqacharoq reaktsiya bo’layotganiga qaramay, Anqara Yevropa Ittifoqiga qo’shilish g’oyasiga sodiq qoladi”, deb yozadi Erdo’g’an o’zining Tvitterdagi akkauntida.

Erdo’g’an shuningdek Turkiya qadamba-qadam “mintaqadagi eng kuchli mamlakatga aylanib borayotganini” ta’kidlar ekan, kelajakda “jahon darajasidagi eng yirik davlatlardan biriga aylanishini” bildirdi.

Bundan tashqari Turkiya prezidenti 2018 yilning 24 iyun kuni muddatidan ilgari o’tkaziladigan prezidentlik va parlament saylovi mamlakat uchun muhim qadam bo’lishini ta’kidladi.