Kirish
So'nggi yangilanish: 20.11.2018

Dunyo mamlakatlarida o’rtacha maosh qancha?

  • Bo'lim: DUNYO

“Investorlar maktabi” portali yevrostat, Xalqaro mehnat tashkiloti, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ma'lumotlariga asosan, 2017 yilda dunyo mamlakatlarida o’rtacha maosh qancha bo’lgani haqidagi ma'lumotlarni chop etdi.

Unga ko’ra, dunyo bo’yicha eng yuqori maosh Shveytsariyada ekan - 3855 dollar, keyingi o’rinda Norvegiya - 3781 dollar va Lyuksemburg - 3565 $. AQShda - 3120 dollar, Germaniyada - 2958 $, Yaponiyada - 2865 dollar, Janubiy Koreyada - 2100 dollar, BAAda - 1620 dollar, Turkiyada - 996 dollar va ho kazo.

Rossiya ushbu reytingda 615 dollar o’rtacha maosh bilan 157 o’rinni egallab turibdi. Qozog’istonda o’rtacha maosh - 480 dollar, Belarusda - 375 dollar, Turkmanistonda - 320 dollar, O’zbekistonda - 235 dollar, Tojikistonda - 110 dollar.

Reytingning eng so’nggi qatorlaridan Kongo - 27 dollar, Malavi - 22 dollar, Zimbabve - 21 dollar, kabi mamlakatlar o’rin olgan.

Manba: sof.uz