Kirish
So'nggi yangilanish: 24.09.2018

Qora tuynuk oziqlanishining birinchi surati paydo bo’ldi

  • Bo'lim: DUNYO

Astrofiziklarning xalqaro guruhi birinchi marta yulduzning oqim ko’rinishida qora tuynuk tomonidan yutilishini kuzatdi. Tadqiqotchilar yuqori aniqlikdagi suratni olgan. Unda ufq hodisasiga moddalar tushishi natijasida yuzaga keladigan plazmalarning shakllanishi aks etgan. Bu haqda Science jurnaliga asoslanib Daryo nashri ma’lum qilmoqda.

Yulduzning oqimli buzilish jarayoni yulduz yorug’ligining chaqnashi kabi ko’rinadi. Yulduzning bir qismi qora tuynukka tushishi va boshqa qismning uchib ketishi hodisasi 30 yil avval bashorat qilingan edi.

Hodisa natijasida yuzaga keladigan radionurlanish bir necha oy hatto yil davomida tarqalishi mumkin. Boshqa kelib chiqadigan effekt sifatida qora tuynuk atrofidan ajralib chiqadigan plazma qayd etilgan.