Kirish
So'nggi yangilanish: 20.10.2018

Britaniya maktablari “o’g’il bola” va “qiz bola” tushunchalaridan voz kechmoqda

  • Bo'lim: DUNYO

Buyuk Britaniya maktablarida gender tenglikni ta’minlash maqsadida juda g’alati qarorlarga qo’l urilmoqda.

Daily Mail tarqatgan xabarga ko’ra, transgenderlar (jinsini o’zgartirgan odamlar) huquqi uchun kurashish maqsadida Birlashgan qirollikdagi 40 ta maktab ma’muriyati qiz bolalarga ta’lim muassasasida yubka kiyishni taqiqladi.

Bundan keyin barcha o’quvchilar shim kiyishi zarur. Maktab vakillarining ta’kidlashicha, bu “tenglik va muloyimlik”ni ta’minlashga qaratilgan.

O’z navbatida o’quvchilarning ota-onalari yangi qoidalardan norozi ekanliklarini bildirishdi. Ularning so’zlariga ko’ra, yuqoridagi qaror qabul qilinishidan oldin ular bilan hech qanday konsultatsiya o’tkazilmagan va ularning fikri so’ralmagan.